O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkorlar va ziyolilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda estrada xonandalari faoliyati, yurtimizda mazkur sohani yanada rivojlantirish, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi.
Xususan estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilishi bo‘yicha ham o‘z fikrini bildirib:
«Sizlarga ma’lumki, sobiq ittifoq hududidagi boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, faqat O‘zbekistonda estrada ijodkorlari aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishdan topadigan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilingan. Aytaylik, xonandalarimiz o‘zining gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish uchun bir yilda bir marta belgilangan tartibda ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lab, lisenziya oladi. Bo‘ldi. Boshqa soliq yo‘q. Azbaroyi san’atga bo‘lgan hurmatimiz uchun ularni soliqqa tortmayapmiz», — deya ta’kidlagan edi.
Haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-moddasi birinchi qismi 8-bandiga asosan, konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan shaxslar — ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod qilingan.
Tan olish kerak, boshqa hech bir sohaga bunday imtiyozlar berilmagan. Lekin «qars ikki qo‘ldan chiqadi», deganlaridek, salomga yarasha alik ham bo‘lishi kerak.
Har qanday o‘zaro tenglik asoslariga qurilgan erkin jamiyatda davlat o‘z fuqarolari oldida o‘z vazifalarini bajargani kabi fuqarolar ham davlat oldidagi o‘z majburiyatlarini sidqidildan ado etishga harakat qiladi.
Daromadidan soliq to‘lamaydigan san’atkorlar pensiya yoshiga etgach, belgilangan tartibda davlatdan pensiya oladi. Shu sababli, ular qonunchilikka ko‘ra oyiga 1 minimal ish haqi miqdorida, ya’ni — 149.775 so‘m miqdordagi ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lab borishlari lozim bo‘ladi.
Quyida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad olayotgan lekin belgilangan ijtimoiy sug‘urta badalini o‘z vaqtida to‘lamay kelayotgan ayrim fuqarolar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
San’atkorlar doimo xalq ko‘z oldida bo‘ladi. Ularning turish-turmushi barchani qiziqtiradi, kezi kelganda ulardan ko‘pchilik o‘rnak oladi.
Aslida, aksariyat xonandalar ijtimoiy sug‘urta badali sifatida bir yil uchun to‘lanadigan pulni bitta to‘y yoki boshqa tadbirning o‘zidan topadi. Yaratilgan shuncha imkoniyat va imtiyozlarga qaramasdan davlat oldidagi majburiyatlarini ado etishga mas’uliyatsizlik qilinishini qanday izoxlash mumkin.
Xulosa esa sizdan.
Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas