“Million” jamoasi joriy yilning 24-28 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida 9 seansdan iborat navbatdagi konsert dasturini taqdim etgan edi. “Istiqlol”ni larzaga keltirgan ushbu konsert dasturining videodisklari sotuvga chiqishini kutganlar bu yil har yilgidan ham ko‘p bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kecha, 23 avgust kuni soat 07:00 da “Million”ning 2017 yildagi konsert dasturi videosi jamoaning YouTube’dagi rasmiy kanaliga joylashtirildi.
Muxlislar konsertning videosini intiqlik bilan kutgani haqidagi yuqoridagi fikrlarimiz mubolag‘a emasligi oz fursatda ayon bo‘ldi. Bir sutka ichida konsertni 800 mingdan ortiq odam tomosha qilishga ulgurdi. Bu raqamlar soat sayin ortib bormoqda.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Million”ning har yilgi konsert dasturi disklari sotuvga chiqqanidan so‘ng, jamoaga nisbatan tanqidlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Million” muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylanadi. Lekin jamoa shuncha tomoshabinni qanday to‘playapti? Har holda 5 kun 9 seansda konsert berishning o‘zi bo‘lmaydi. Ayrimlar 3 kunlik konserti chiptasini sota olmayotgan bir paytda “Million”ning chiptalari ikki baravar qimmatga baholanyapti. Internetga joylangan videoning bir sutka ichida 800 mingdan ortiq tomosha qilinishi ham jamoaning muvaffaqiyatidan dalolat. Hozircha “Million”ning 2017 yildagi konserti bo‘yicha salbiy fikrlar qulog‘imizga chalinmadi, tanqidlar o‘tgan yildagilarga qaraganda ancha arigan. Voqealar rivojini kuzatamiz. Balki “Million”chilarni tarbiyaga chaqiruvchilar yana topilib qolar...
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi