11:03 / 02.09.2017
5 972

Madonna o‘g‘lining futbol karerasi uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi

Madonna o‘g‘lining futbol karerasi uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi
Amerikalik taniqli xonanda Madonna Portugaliyaga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda, mahalliy matbuotga tayanib, «Daryo» bildirmoqda.

Aytilishicha, 59 yoshli pop-yulduz Lissabonning Alkantara tumanidagi lyuks toifali mehmonxonada vaqtinchalik joylashgan. Xonanda Sintra shahridagi uyida ta’mirlash ishlari tugaguniga qadar yarim yil davomida shu mehmonxonada turishi kutilmoqda.

Madonna o‘g‘li Devid Bandu uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Xonanda hamda uning sobiq turmush o‘rtog‘i, britaniyalik kinorejissyor Gay Richi bolani Malavida asrab olgan edi.

11 yoshli bola Lissabonning «Benfika» futbol jamoasi akademiyasida tahsil olmoqda. Mashg‘ulotlar paytida o‘g‘liga yaqinroq bo‘lish uchun Madonna Portugaliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Bandu Portugaliya futboli yulduzi Krishtianu Ronalduga havas qiladi va professional futbolchi bo‘lishni orzu qiladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u onasi bilan 7 million yevro turadigan koshonada yashaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madonna o‘g‘lining futbol karerasi uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi