Donald Tramp o‘ziga tegishli binolarda tasvirga olish uchun ruxsat berish evaziga filmlarda rol berilishini talab qilgan. AQSh prezidentining rollari soni ko‘pligini qisman shu bilan izohlash mumkin. Bu haqda aktyor Mett Deymon The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Deymonga ko‘ra, shunday kelishuvga muvofiq Tramp hatto 1992 yilda ekranlarga chiqqan Al Pachino ishtirokidagi «Ayol tarovati» filmida ham qatnashgandi. Biroq biznesmen tasvirga tushgan lavha yakuniy montajda qirqib tashlanadi.
«Ish kunidan bir soatni keraksiz suratga olishga sarflashga to‘g‘ri kelardi. Bu jarayonda uni albatta nomini aytib chaqirish shart edi. Trampni tasvirga olish yakunlanganidan keyin esa u ishtirok etgan sahnani olib tashlasa ham bo‘lardi. ‘Uyda yolg‘iz 2’ yaratuvchilari esa bunday lavhasini saqlab qolishga qaror qilgan ko‘rinadi», — hikoya qiladi aktyor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi