15:40 / 08.09.2017
7 247

«Labbay rais» filmi sentyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi

«Labbay rais» filmi sentyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi
Rejissyor Otabek Mirzaxolovning «Labbay rais» filmi sentyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Sentyabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida «Labbay rais» filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning «Arslon izidan», Azamat Axrorovning «Qaysarginam 2», Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning «Ahmadboy va Rahmatboy», Otabek Mirzaxolovning «Jonim yig‘loqi» filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda «Bir o‘pichning bahosi», «Bebahoginam» kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan «Daryo.Afisha»da tanishish mumkin.

28 avgust — 3 sentyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. «Labbay rais» (komediya)
Rejissyor – Otabek Mirzaxolov

2-o‘rin. «Arslon izidan» (jangari, drama)
Rejissyor – Aziz Rametov

3-o‘rin. «Qaysarginam 2» (komediya)
Rejissyor – Azamat Axrorov

4-o‘rin. «Ahmadboy va Rahmatboy» (komediya)
Rejissyor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

5-o‘rin. «Jonim yig‘loqi» (komediya)
Rejissyor – Otabek Mirzaxolov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Labbay rais» filmi sentyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi