7 442
Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Munojot Yo‘lchiyevalar Moskvada
Rossiyaning Moskva shahridagi Kreml saroyida O‘zbekiston madaniyat kunlariga start berildi.
Bugun, 12 sentyabr kuni ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston xalq artistlari Muyassar Razzoqova, Ramiz Usmonov, Munojot Yo‘lchiyeva, Afzal Rafiqov, Mansur Toshmatov, Gulsanam Mamazoitova, Farruh Zokirov va “Yalla” ansambli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Jenisbek Piyazov, Sevara Nazarxon, Furqat Ashuraliyev, Elmurod Ahmedov, Yulduz Turdiyeva, To‘lqin Jabborov, Oygul Nodirova, “Zulfiya” mukofoti sovrindori Shirin Mamatova, xalqaro tanlovlar laureati Ulug‘bek Olimov, “O‘zbekiston” va “Navbahor” ashula va raqs jamoalari, O‘zbekiston yosh simfonik orkestri guruhi ishtirok etadi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan madaniy tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib beradi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy va Rossiya madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Vladimir Aristarxov so‘zga chiqadilar.
Rossiyada O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida 13 sentyabr kuni “O‘zbekiston madaniy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida” mavzuida davra suhbati tashkil etiladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” 5 tomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
14 sentyabr kuni esa o‘zbek xonandalari va san’at ustalari ishtirokida konsert tashkil etiladi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi