Asal Shodiyevaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga xos dizayndagi liboslar to‘plami aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g‘oyasi bilan yaratilgan bo‘lib, Miel (ispan tilidan olinganda Asal) brendi ostida chiqariladi. Bu haqda Darakchi.uz nashri xabar berdi.
Bu haqda Asal Shodiyeva shunday deydi:
“Bu loyiha asosida mening afsonaviy kino va estrada yulduzlariga bo‘lgan muhabbatim yotadi. Tanlangan mashhur retro yulduzlarning suratlarini qobiliyatli illyustratorlar guruhi o‘ziga xos, noodatiy tarzda yaratib berishdi. Biz yuqori sifatli, tabiiy matolardan yoshlarning yorqin o‘ziga xosligini aks ettirib turadigan, kayfiyatni ko‘taradigan va albatta qulay bo‘lgan kiyim-kechak mahsulotlarini yaratish, ularni xaridorlarga hamyonbop narxlarda taklif etishni maqsad qilib qo‘ydik. Matoning sifati hakida gapiradigan bo‘lsak, uni ishlab chiqarishda turkiyalik mutaxxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Zamonaviy yoshlar kiyinish uslubida qiziqarli, hech kimga o‘xshamagan ko‘rinishlar yaratishni istashadi. Biz esa bu borada ularga ko‘makchi bo‘lishni istadik.”
Asal Shodiyeva o‘z faoliyatini singlisi Robiya Shodiyeva bilan amalga oshirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar