07:11 / 22.09.2017
7 332

«Taxtlar o‘yini» mualliflari serialga yana bir spin-off ishlanishini ma’lum qildi

«Taxtlar o‘yini» mualliflari serialga yana bir spin-off ishlanishini ma’lum qildi
HBO telekanali fentezi janridagi «Taxtlar o‘yini» serialining beshinchi spin-offi ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Entertainment Weekly»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Aytilishicha, yangi loyiha original serialning prikveli bo‘ladi. Uning ustida amerikalik prodyuser, «Taxtlar o‘yini» ssenariynavislaridan biri Brayan Kogman original romanlar muallifi Jorj Martin bilan birga ishlaydi.

Loyihaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Hozircha unda «Taxtlar o‘yini» seriali qahramonlari ishtirok etmasligi aniq, xolos.

Martin o‘z blogida yangi serial uning kitoblaridan biriga asoslanishini bildirib o‘tdi.

Ilgari «Taxtlar o‘yini»ga to‘rtta spin-off ishlanishi ma’lum qilingan edi. Yangi loyiha bu turdagi beshinchi serial bo‘ladi.

Spin-off — asosiy syujetga qisman daxldor bo‘lgan, boshqa qahramonlar ishtirokidagi bayon.

Prikvel — voqealari original syujetdan oldin ro‘y beradigan bayon.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Taxtlar o‘yini» mualliflari serialga yana bir spin-off ishlanishini ma’lum qildi