
53 yoshli Bred Pitt Anchelina Joli bilan ajrashganidan keyin oradan ko’p vaqt o’tmay 21 yoshli aktrisa Ella Pernell bilan uchrasha boshladi.
Bu haqidagi ma’lumotlar aktyorning o’zi tomonidan tasdiqlanmagan bo’lsa-da, ularning birgalikda ko’p vaqt o’tkazayotganlari yangi muhabbat qissasining boshlanganidan darak berib turibdi.
Muhlislar juftlik orasidagi yosh farqidan ham ko’ra (Ella Bredning asrab olingan o’g’li Meddoksdan bor-yo’gi 5 yosh katta) boshqa bir ma’lumot sabab hayratda qoldilar: Ella aktyorning sobiq rafiqasi Anjelina Joli bilan bir filmda, Anjelina ijro etgan Malefisenta qahramonining yoshlik paytlarini gavdalantirgan. “Aynan shu narsa Anjelina Jolini ham g’azablantirayapti” deb yozadi “Telegraf.com.ua” sayti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar