22:06 / 26.10.2017
21 364

Xitoylik mashhur va iste’dodli aktyor, sportchi Jeki Chan haqida qiziqarli faktlar… (FOTO)

Xitoylik mashhur va iste’dodli aktyor, sportchi Jeki Chan haqida qiziqarli faktlar… (FOTO)
Jeki Chan Xitoydagi o‘ta qashshoq bir oilada dunyoga kelgan. Aytishlaricha, u onadan 5, 5 kilo vazn bilan tug‘ilgan.

Ota-onasi bolani boqa olmasliklariga ko‘zi yetib uni atigi 26 dollarga tug‘ruqxona doyasiga sotmoqchi ham bo‘lishgan ekan. Tug‘ruq ham yengil kechmagan. Aktyorni jarrohlik amaliyoti yordamida dunyoga keltirishgan. Shuning uchunmi, onasi Jeki Changa «Pao-Pao» (Zambarakning o‘qi) degan laqab ham bergan ekan. Umuman aytganda, Jeki Channing laqabi juda ko‘p. Kinolardagi barcha xavfli tryuklarni o‘zi bajargani bois muxlislari unga «Beysbol xodasi» deb laqab qo‘yishgan.

Yetti yoshga yetganda, ota-onasi uni Gong-Kongdagi maktab internatda qoldirib, o‘zlari pul topish ilinjida Avstraliyaga jo‘nab ketishgan. Internatda Jeki Chan «Katta burun» laqabini orttirdi. Bunga muallimalardan biri darsni buzgani uchun tross bilan urib burnini sindirib qo‘ygani sabab bo‘ldi.

8 yoshida o‘zining «Katta va kichik Vong Tin Bar» filmida kichik bir rolni ijro etdi. 1971 yili esa maktabni tugatguncha yettita filmda suratga tushishga ulgurdi.
U kinodagi har bir sahna uchun olingan dubllar soni bo‘yicha Ginnes rekordlar kitobi sahifasidan o‘rin olgan. O‘zi suratga olgan filmlarda jami 15 ta lavozimni egallagan. Aniqrog‘i, filmda ssenariy muallifi, rejissyor, prodyuser, tryuklar nazoratchisi, aktyor, ijrochi prodyuser, operator, postanovkachi rassom, rekvizitlar rahbari, yorituvchi, kaskadyor, liniya prodyuseri, ovqatlanish masalasini nazorat etuvchi va hokazolar…

Bir kuni murakkab tyurklarni bajarishdan so‘ng bosh chanog‘ida muammo paydo bo‘lib, o‘ng qulog‘i kar bo‘lib qolgan. Shunday ahvolda ham ishlashdan to‘xtamagan.
Jeki Chan nafaqat iste’dodli aktyor, sportchi, balki ajoyib xonanda hamdir. U 1984 yildan to shu kunga qadar 20 dan ziyod albomni sotuvga qo‘ygan. Ba’zi filmlari ham o‘zining qo‘shiqlari bilan yakunlanadi.
Jeki Chan o‘ta qaysar va injiq. Shuning uchunmi, filmdagi kichik bir sahnani suratga olish uchun 1600-2000 taga yaqin dubl kerak bo‘ladi. Bu naq ikki kunni band etadi. Endi butun boshli filmni tasavvur qiling.

Uning shiori: «Qo‘rquv-yo‘q, Dublyorlar-yo‘q, Menga teng keladiganlar ham- yo‘q!..»
Jeki Channi dunyodagi barcha ko‘zga ko‘ringan sug‘urta kompaniyalari qora ro‘yxatga tirkab qo‘ygan. Sababi oddiy. Aktyor eng xavfli tryuklarni ham o‘zi bajaradi. Agar jarohat olsa, sug‘urta kompaniyasi tovon puli to‘lashi lozim. Kompaniyalar xuddi shu jarayondan qo‘rqishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xitoylik mashhur va iste’dodli aktyor, sportchi Jeki Chan haqida qiziqarli faktlar… (FOTO)