14:44 / 31.10.2017
18 547

Aktrisa Asal Shodiyeva hayotidagi eng katta xatosi to‘g‘risida gapirdi

Aktrisa Asal Shodiyeva hayotidagi eng katta xatosi to‘g‘risida gapirdi
So‘nggi vaqtda kinolarda kamnamo bo‘lib qolgan, o‘z brendiga asos solgan va musiqaga ko‘proq vaqt ajrata boshlagan aktrisa Asal Shodiyeva bilan MyDay nashri qisqa suhbat uyushtirdi.

JUDA MUSHKUL
Men uchun birovni kuldirish juda mushkul. Shu ishning uddasidan chiqa olmayman.

KЕCHIRMAYMAN
Sotqinlikni aslo kechirmayman. Hayotda ko‘p narsani kechirish mumkin. Lekin sotqinlik aslo kechirilmaydi deb hisoblayman.

XARAKTЕRIM
Talabchanman, ayniqsa o‘zimga nisbatan haddan tashqari.

VOZ KЕCHA OLMAYMAN
Oilamdan aslo voz kecha olmayman.

HUZUR BAG‘ISHLAYDI
Musiqa mening jonu dilim, menga huzur bag‘ishlaydigan asosiy narsa.

G‘ASHIMGA TЕGADI
Axmoqlik va omilik mening g‘ashimga tegadi.

ENG KATTA XATOIM
Eng katta xatoim Konservatoriyaga o‘qishga kirmaganim bo‘lsa kerak.

MIEL MЕN UCHUN
So‘nggi paytlarda bor vaqtim, o‘y-xayollarim MIEL bilan bog‘liq. MIEL men uchun umid va ishonch. Bu brendga asos solishimdan maqsad odamlarga quvonch ulashish.

ENG KATTA ORZUIM
Eng katta orzularimdan biri Andrea Bochellini ko‘rish edi, bu orzuim ushaldi. Yana bir katta orzuim – Al Pachinoni ko‘rish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Asal Shodiyeva hayotidagi eng katta xatosi to‘g‘risida gapirdi