date

Toshkentda «Yaponiyaning suvosti dunyosi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda «Yaponiyaning suvosti dunyosi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ko‘rgazmada mashhur badiiy fotografiya ustasi Kanako Satoning 80 ta surati namoyish etiladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

10-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga qarashli Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida (XMKS) «Yaponiyaning suvosti dunyosi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

XMKSning xabar qilishicha, ko‘rgazmada mashhur badiiy fotografiya ustasi Kanako Sato xonimning 80 ta surati namoyish etiladi.

Kanaka Sato erkin fotograf bo‘lib, Canon kompaniyasiningTokiodagi Rasmlar maktabida lektorlik qiladi. Xonim suv ostida suzish ajoyibotlariga oshufta bo‘lib, uning turfa olamini suratlarga muhrlashni o‘zining badiiy san’atdagi vazifasi qilib oldi.

Fotograf har yili Yaponiya poytaxtida shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazadi va ularda yorug‘lik, rang va noyob suvosti manzaralariga oid suratlarini namoyish etadi.

Ko‘rgazmani Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Yaponiya Fotosanoat instituti va XMSK tashkil etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda «Yaponiyaning suvosti dunyosi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi