18:34 / 18.11.2017
7 291

Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va’da berdi

Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va’da berdi
Xonanda Bahrom Nazarov 14, 15, 16 noyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Intizor» deb nomlangan konsert dasturini taqdim qildi. Konsertning har bir kunida Bahrom Nazarovning qo‘shig‘ini kuylab, zaldagi tomoshabinlar tomonidan e’tirof etilgan bir nafardan muxlisning to‘yida xonanda bepul xizmat qiladigan bo‘ldi. Bu haqda konsertda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Xonanda Bahrom Nazarov uch kun davom etgan dasturida o‘zining taronasini jonli ijroda eng yaxshi aytgan muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishini barcha muxlislar oldida ma’lum qildi. Uch kun davomida yigirmadan ortiq muxlis omadini sinab ko‘rdi. Konsertning birinchi kuni Angren, ikkinchi kuni Qo‘qon, uchinchi kuni Andijon shahridan kelgan yigitlar qolgan muxlislarga qaraganda xonandaning qo‘shig‘ini yaxshiroq kuylagani uchun Bahrom Nazarov ularning to‘yida tekin xizmat qiladigan bo‘ldi.

Xonandaning «bepul xizmat qilaman» degan so‘zi barcha muxlislarning gulduros va davomli qarsaklariga sabab bo‘ldi. G‘oliblarni zaldagi tomoshabinlar hamda qiziqchi Shukrullo Isroilov aniqlab berdi. O‘yinda ishtirok qilgan barcha muxlislarga qimmatbaho sovg‘alar hamda badiiy kitoblar ham sovg‘a qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va’da berdi