
Gollivudning ikki muallifi Di Alfred II va kichik Iezekiil Martineslar Disney kompaniyasini ularga tegishli bo’lgan “Karib dengizi qaroqchilari” filmi bosh qahramoni Jek chittak obrazini o’zlashtirib olganlikda ayblamoqdalar.
Ayblov matnida keltirilishicha, Alfred va Martines 2000 yili Disney kompaniyasiga yangi obraz aks ettirilgan taklif beradilar. Kompaniya filmni suratga olishdan bosh tortadi, ssenariy esa mualliflarga qaytarib berilmaydi. Mualliflar fikriga ko’ra, ushbu ssenariydagi qahramon Deyvi Jons “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi Jek chittak rolining aynan o’zginasi bo’lgan, deyiladi xabarda.
Kinokompaniya esa ushbu ayblovni uydirma deb nomladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar