22:44 / 13.12.2017
7 396

Hosila Rahimova yana bir unvon bilan taqdirlandi

Hosila Rahimova yana bir unvon bilan taqdirlandi
2017 yilda Hosila Rahimovaning unvonlari soni yana bittaga oshdi. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yillik bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi.

Estrada xonandasi 2008 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgani artist unvoni bilan taqdirlangan edi.

Surxondaryolik hofiza Hosila Rahimovaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida juda ko‘plab muxlislari borligi ham bejiz emas, albatta. Aynan Qoraqalpog‘istonda Hosilaning “To‘maris”, “Omon omon”, “Begim” degan qo‘shiqlariga videokliplar ham suratga olingan.

Tahririyatimiz, Hosila Rahimovani ushbu unvon bilan tabriklaydi va uning ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hosila Rahimova yana bir unvon bilan taqdirlandi