17:20 / 16.12.2017
7 618

Robbi Uilyams Toshkentdagi konsertda tomoshabinlarga «orqasini» ko‘rsatdi (Video)

Robbi Uilyams Toshkentdagi konsertda tomoshabinlarga «orqasini» ko‘rsatdi (Video)
Avvalroq, dekabr oyida uch nafar jahon yulduzi O‘zbekistonda konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik. Kecha, 15 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ushbu konsert dasturlardan birinchisi, Britaniya pop-musiqa san’ati yulduzi Robbi Uilyamsning konserti bo‘lib o‘tdi. Bu to‘g‘rida Qalampir nashri tanqidiy ruhda maqola e’lon qildi.

Robbi Uilyams O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. U bu xalqning madaniyati, ma’naviyati, sharqning o‘ziga xos urf-odatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lmasligi tabiiy. Aslida u bu xalqqa hurmatda bo‘lganida uning qadriyatlariga ham hurmatda bo‘lardi.Gapni bejiz hurmat masalasiga borib taqaganimiz yo‘q. Gap shundaki, 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan konsertda Robbi Uilyams o‘zini shu qadar madaniyatsiz tutganki, konsertga borganlarning ko‘plari shikoyat bilan bizga murojaat qilishdi.

Xonanda ajnabiylardek ko‘rinishda, ommaviy madaniyatga xos liboslarda sahnaga chiqqani yetmagandek, yubkasini ko‘tarib, ortini muxlislarga ko‘rsatishiga nima deysiz? Shumi madaniyat, shumi xonanda olgan pulini, ishonchni, muxlislar olqishini oqlagani? Shumi uning o‘zbek xalqiga hurmati? Bu o‘rinda tashkilotchilarni tanqid qilishga ham tiling bormaydi. Gapni gapir uqqanga deganlaridek, asli tarbiyasiz bo‘lgan odamga har qancha tarbiyani o‘rgatmang, bari befoyda. U istaganini, bilganini, ko‘rganini qiladi. Robbi Uilyams ham shunday qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan surat va videolar esa o‘zbekistonlik muxlislar o‘rtasida keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Agar xorij yulduzlarining konserti shu bo‘lsa, ular bizga kerakmi?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Robbi Uilyams Toshkentdagi konsertda tomoshabinlarga «orqasini» ko‘rsatdi (Video)