Avvalroq, dekabr oyida O‘zbekistonda uch jahonga taniqli musiqa san’ati yulduzlari kotsnert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.
15 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ingliz xonandasi Robbi Uilyamsning tarbiya, madaniyat va ma’naviyatdan yiroq konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
17 dekabr kuni klassik san’at shinavandalari, operani qadrlaydiganlar “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyiga, taniqli opera ustasi, nodir tenor Xose Karrerasning konsert dasturiga jam bo‘ldilar.
Avvalgi xabarlarda aytilganidek, dekabr oyida konsert dasturi kutilayotgan uchinchi xorijlik yulduz nomi sir tutilayotgan edi. Va nihoyat uning nomini oshkor etish vaqti ham keldi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasidan xabar qilishlaricha, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida taniqli ispan xonandasi Enrike Iglesias konsert dasturini taqdim etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Enrike Iglesias O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. Uning otasi, jahon yulduzi Xulio Iglesias 2008 yil Gulnora Karimova taklifi bilan Toshkentga tashrif buyurib, konsert dasturini taqdim etgandi. O‘shanda Xulio Iglesias Gulnora Karimova bilan “Besame mucho” qo‘shig‘ini duet ko‘rinishida kuylagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi