10:52 / 10.01.2018
9 942

“O‘zbekkonsert”: Rayhon, Munisa, Shoxjahon va boshqalar qattiq ogohlantirildi

“O‘zbekkonsert”: Rayhon, Munisa, Shoxjahon va boshqalar qattiq ogohlantirildi
Joriy yilning 9 yanvar kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasida 2017 yilda bajarilgan ishlar va 2018 yildagi ustuvor vazifalar” deb nomlandi. Tadbirda 2017 yil yakunida sarhisob qilindi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan jami 2605 nafar jismoniy shaxslarga, 23 nafar ijodiy jamoa-yuridik shaxslarga maxsus ruxsatnoma, litsenziya rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagilardan 824 nafari xonanda, 29 nafari so‘z ustasi, 174 nafari boshlovchi, 284 nafari sozanda, 287 nafar raqqos va raqqosalar, 14 nafari ma’mur va 993 nafari ovoz operatori-didjeylar ekani aytilmoqda.

Shuningdek, Qalampir nashri ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tadbirda so‘zga chiqqan muassasa direktori joriy yildagi barcha san’atkorlarning ijodiy faoliyati tanqidiy o‘rganib chiqilib, zaruriy choralar ko‘rilganini qayd etgan.

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi 37-bandiga asoslanib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Shahnoza Otaboyeva, Bunyodbek Saidov, Dilmurod Sultonov, Sharof Muqimov, xonandalar Xadicha Qurbonova, Sherali Bekmurodov, Aziza Niyozmetovalar litsenziyalari to‘xtatildi.

Muassasa tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shoxjahon Jo‘rayev, Argonov Shaxriyor, Komil Fozilov, Sarvar Azimov qattiq ogohlantirildi, – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkonsert”: Rayhon, Munisa, Shoxjahon va boshqalar qattiq ogohlantirildi