
Ispaniya soliq xizmati kolumbiyalik xonanda Shakirani soliqlarni to’lab qo’ymaganlik aybi bilan uning ishi yuzidan paydo bo’lgan shikoyatni prokraturaga jo’natib yubordi.
Xabarda aytilishicha, xonanda Ispaniyada 2011 yildan 2014 yilga qadar “Barselona” himoyachisi Jerar Pike bilan birga istiqomat qilgan va zaruriy soliqlarni to’lamagan.
“Qonun soliq to’lovchi rezident nafaqat Ispaniya, balki dunyoning boshqa burchaklaridan ishlab topilgan foydadan daromad solig’i to’lashi kerakligini belgilaydi va bu 24%gacha bo’lishi mumkin” deyiladi xabarda.
Ispaniya qonunlariga ko’ra, Shakiraga soliqlarni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun jarima yoki 2 yilgacha bo’lgan qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar