Serialda Asu Aladjaxan rolini ijro etgan aktrisa Melisa Asli Pamuk haqidagi ma’lumotlar ham “Sevgi iztiroblari”ning ixlosmandlariga qiziq bo‘lsa ajabmas...
— Ota-onam, akam doim yonimda va meni qo‘llab-quvvatlashadi. Bolalikdagi do‘stlarim bilan hanuzgacha uchrashib turamiz, ularni judayam yaxshi ko‘raman. Hayotimni televideniye bilan bog‘lashim xayolimga ham kelmagandi, garchi oilamdagilar shu sohada bo‘lsa ham. Xolam aktrisa, otam ham shu “olam”da faoliyat yuritadi. Bolaligimda kosmetolog bo‘lishni orzu qilganman. Biroq ilk bor “Dat zit wel snor” nomli golland filmida bosh rolni ijro etdim.
Shundan so‘ng 12 yoshimda kareramni modellikdan boshlab, 17 yoshimgacha ishladim. Orada reklama, filmlarda suratga tushib, faoliyatimni aktrisalikda davom ettirdim. Vaqt o‘tib, modellikdan ko‘ra aktyorlik menga ko‘proq yaqin ekanini angladim. 17 yoshimda Amsterdam universitetining psixologiya fakultetiga o‘qishga kirdim, biroq o‘qishim oxiriga yetmadi. Hayotimga o‘zgartirish kiritish maqsadida Gollandiyadan Istambulga bordim. “Miss Turkiya" tanlovida qatnashib ko‘rishga ahd qildim. 2011 yilning 2 iyunida “Miss Turkiya" sovrinini avvalgi g‘olib Gizem Memichdan qabul qilib oldim, - deydi aktrisa intervyularidan birida..
Aktrisa 2012 yili “Yer Gök Aşk” serialida ishtirok etgach, aktyorlikka jiddiy e’tibor qaratishga qaror qiladi. Turk tilidagi nutqini qay darajada takomillashtira olishini bilish maqsadida nutq va notiqlik mahoratidan darslar ola boshlaydi. Ta’kidlash joiz, Melisa ingliz, nemis, golland tillarini biladi, fransuz tilida ham mukammal bo‘lmasa-da so‘zlasha oladi. Aktrisa ko‘plab ustozlardan aktyorlik mahorati saboqlarini olgan.
2014 yil rollar borasida aktrisa uchun omadli keldi. 2015 yil Melisa “Kara Sevda” serialida suratga tushib, aktyorlik karearsini anchayin mustahkamlab olgan.
Fakt:
Melisa Asli Pamuk 1991 yilning 14 aprelida Gollandiyaning Xarlem shahrida tug‘ilgan. Uning bolaligi ham shu yerda o‘tgan.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi