
“Hordiq” gazetasi xonanda Ziyoda bilan o‘tkazgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.
— Jig‘ibiyroningiz chiqib turganda sizni tinchlantiruvchi kuch — bu…
— Yolg‘izlik va tinchlik. Biron narsani otib-sindirib, ishkal qilmasimdan, o‘zimni bosib olish uchun biror joyga chiqib, tinchlanib olaman.
— Siz uchun dunyodagi eng oson va eng qiyin ish?
— Dunyoda oson ishning o‘zi yo‘q. Eng qiyini — ishonchni oqlash bo‘lsa kerak.
— Sizga mutlaqo xos bo‘lmagan odat?
— Yolg‘ondan yig‘lash. Hatto kamera oldida yig‘lash kerak bo‘lganda ham, rostdan ko‘z yoshi qilib olaman.
— Dunyo mashhurlari orasida siz chiroyiga tan bergan sohibjamol?
— Anjelina Joli. Bu ayolning betakror va tabiiy chiroyiga tan beraman.
— Turmush o‘rtog‘ingiz ovqat tanlash borasida injiqmi?
— Shukrki, qanday ovqat tayyorlasam ham, indamay yeydi. Eng yaxshi xislati, albatta, ovqatdan keyin o‘z fikrini bildiradi. Asosan, maqtaydi (kuladi).
— Eng yaqin do‘stingiz?
— Onam.
— Siqilgan paytlaringiz sizni qayerdan topsa bo‘ladi?
— Oshxonadan. Taom tayyorlasam, ko‘nglim yorishadi.
— Yigitlardagi siz hurmat qilmaydigan jihatlar?
— Barcha yomon, yigit kishiga yarashmaydigan jihatlar.
— Sizni yig‘latish uchun…
— Bir og‘iz qattiq gap. Lekin tezda xafa bo‘lib, arazlab qoladigan qizlardan emasman. Ammo bir ranjisam, ko‘nglimdan chiqarishim qiyin. Payt poylab, albatta, buning zahrini chiqarib olaman.
— O‘zingizni qaysi tomonlama maqtagan bo‘lardingiz?
— Maqtalishga arziydigan tomonim, doim “Xo‘p bo‘ladi”, deyman va ayrimlardan farqli tarzda, aytdimmi, bajaraman.
— Shahzoda, Rayhon, Lola… Bu ismlarni eshitganingizda, xayolingizga keladigan birinchi so‘z?
— Shahzoda — yangilikka intiluvchan, Rayhon — iste’dodli va go‘zal, Lola — so‘nggi paytdagi qo‘shiqlari ajoyib. Uchalasiga ham hurmatim baland.
— Alisher Uzoqovmi, Jahongir Poziljonov? Qaysi ism sizga yaqinroq?
— Ikkisi ham. Bu yigitlarning bitta umumiy tomoni bor, hayotda jiddiy, kinoda hazilkash. Ularning san’ati va odamiylik xislatlariga birday tan beraman.
Manba: hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar