22:05 / 10.02.2018
5 047

Hindcha xushqomat siri...

Hindcha xushqomat siri...
Hind oshxonasini ziravorlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular odatdagi taomlarga yangi “ifor” bag‘ishlabgina qolmay, organizmimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, ziravorlar kuchli biofaol, sog‘lomlashtiruvchi ta’sirga ega. Ba’zilari esa xushqad bo‘lishga ham yordam beradi. Xo‘sh, qaysi ziravorlar ortiqcha kilogrammlardan xalos qiladi?

Zarchava
Olimlar zarchavaning asosiy tarkibiy qismi — kurkuminga noyob biofaol xususiyatlari tufayli jiddiy e’tibor berishadi. Masalan, kurkumin 1000dan ziyod foydali genlarni faollashtiradi. Zarchavan muntazam iste’mol qilish ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi, qon bosimini me’yoriga keltiradi, yurak-tomir tizimi ishi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Kardamon
Turli taomlarga kardamonni qo‘shish hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi, mavjud yog‘larni “eritadi”, yangilari paydo bo‘lishining oldini oladi.

Chili qalampiri
Tarkibida kapsaitsin mavjud. Bu modda hazm qilishni yaxshilaydi, iste’mol qilingandan so‘ng 20 daqiqa o‘tib, ortiqcha kaloriyalarning sarflanishini tezlashtiradi.

Karri barglari
Ortiqcha kilogrammlardan qutulish uchun hind parhezshunoslari har kuni bu o‘simlikning 8-10ta bargini (masalan, sho‘rva va boshqa taomlarga ko‘kat qo‘shgandek qo‘shib) iste’mol qilishadi. Ammo bu maslahat faqat yangi barglarga tegishli bo‘lib, Hindistondan tashqarida topish qiyin. Yangi barglar bo‘lganda, quritilgani ham bo‘laveradi. Ozishni istagan odam karridan ziravor sifatida foydalanishi lozim. Karri barglari organizmni zaharli moddalardan tozalashga yordam berib, mavjud yog‘larni eritadi, xolesterin miqdorini me’yoriga keltiradi.

Xantal urug‘i va moyi
Xantalda antioksidantlar, darmondorilar va boshqa foydali moddalar ko‘p. Moyida boshqa o‘simlik moylaridagiga nisbatan to‘yingan yog‘lar kamroq. Ammo olein, linolen, erutsin kislota ko‘p. Ozmoqchi bo‘lganlarning taomnomasida bu kislotalar, albatta, bo‘lishi kerak.

SEVINCh tayyorladi.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hindcha xushqomat siri...