— Xmm, dadasi, og‘zingiz qulog‘ingizda?! Xuddi danak topgan tentakdek xursandsiz?! Tinchlikmi?
— Nimasini aytasan xotin, “Zo‘r TV” kanalidagi anavi serialing bor-ku, “Qaro Sevda”mi, “Balo Sevda”midi, o‘sha?!
— Xo‘sh??? Nima, Amir o‘libdimi? Yoki Zaynab tug‘ibdimi?
— Yo‘q, nima desam ekan…
— Haa, balki, Kamol uylangandir?!
— Ee, gapni bo‘lmasang-chi! Xullas, serial efirdan olinibdi. “Zo‘r TV”da berilmas ekan endi!
— Iya, voy, nimaga? “Milliy TV”dan uzatilar ekanmi endi?
— Yo‘q, butunlay “Kaput” bo‘libdi
!- Nimaa??? Shunaqasiyam bo‘ladimi? He yo‘q, be yo‘q tuppa-tuzuk seraialni efirdan olib tashlash qaysi kallasi kattaning kichkinagina miyasiga kelib qoldi ekan?! Nega qiqirlab kulaverasiz, dadasi?
— O‘zim, kulgim keldi-da xotin…
— Menga qarang, nega u serial olib tashlanibdi o‘zi?
— Milliy mentalitetimizga zid ekan, xotin.
— Hah, qurib ketsin shu mentalitetimiz ham, maxalladagi Kinnachi kampirdan ham injiq bu mentalitetimiz! Hech kim va hech nima bilan kelisha olmaydi-da. Tunov kuni maxallaga chiquvdim, bolalar pulini olishga. Qarasam, qorni katta, sochi yo‘q bir odam…
— Sochining bor yoki yo‘q ekanligini aytishing unchalik muhim bo‘lmasa kerak-a?
— Ee ishqilib, o‘sha kal odam mahalla vakillariga allambalolar deb va’z o‘qiyotgan ekan. U ham aytayotgandi, demokratiyaning ayrim prinsiplari mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi, deb. O‘shanda “hah, o‘lsin mentalitet degani”, deb qo‘ya qolgan edim. O‘zi, dadasi, Mentalitet kim? Shunchalar katta odammiki, hammamiz u bilan hisoblashishga majburmiz? O‘zbekka ham o‘xshamaydi alomat ismiga qaraganda-a?
— Eh xotiiin, nimalar deyapsan! Bu gapingni bolalar yoki qo‘ni-qo‘shni eshitib qolsa kim degan odam bo‘lamiz?! Nahotki yigirma birinchi asrda yashab mentalitet nimaligini bilmasang? Eh, kaltafahm xotin-a?!
— Ee, hadeb kaltafahm deyavermasdan ayting-da unda, uning kimligini! Men qayoqdan bilibman u Mentalitetbek yoki Mentalitetxonning kim ekanligini?! Ho‘sh kim u?
— U odam emas, galvars! Mentalitet deganda, ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy salohiyat tushuniladi, xotin.
— Nima-nima? Nimalar dedingiz hozir? Sekinroq gapiring, hech vaqoga tushunmadim.
— Mentalitet degandaaaa, aaayrim kishiii yoki ijtimoiiiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasiiii, ma’naviy salohiyat tushuniladi, dedim!
— Baribir tushunmadim… Xullas, u odam emas ekan-da?! Ha-amma televizorga chiqib olib ham, radioda ham, gazeta-jurnallarda ham mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi, deyaverganiga, u mentalitet o‘lgur birorta kattaroq rahbar odam shekilli, deb o‘ylabman-da. Xo‘sh, mentalitetimizga serialimning nimasi to‘g‘ri kelmabdi?
— Qo‘y xotin, gapirganim bilan baribir tushunmaysan…
— Dooim shunaqa deysiz, biror gapni boshlaysizda, bilmasam, tushuntirish o‘rniga tushunmaysan baribir, deb osongina qutilib qolasiz. O‘tgan yillari, ha desa, Senzura deb kuydirar edingiz. O‘shanda ham “kim u Senzura?” desam javob berishdan qochar edingiz. Yana nimaga kulyapsiz? Endi tushunyapman, o‘sha Senzura o‘lgur sizni o‘ynashingiz shekilli, hali hammasini tagiga yetaman. Mendan ko‘ra yosh va kelishganroqdir-a? Hozir kulib turing, men bu qing‘irliklaringizni tagiga yetganimdan keyin ko‘rasiz, mening kulishimni! Senzura, Senzura?! Birorta o‘ris blondinkalardan shekilli-a?! Ismi o‘zgacha?!
— Senzurani kimligini bilmoqchimisan, xotin?
— Ha ayting, mard bo‘lib.
— Guugl amakidan so‘ra o‘sha biladi Senzura kimligini, vuhahaha!
— Uffff .. Siz yana meni ustimdan kulyapsizmi? Kim u Gugl amaki? Ikki soatdan beri meni ahmoq qilib kulaverib, kal boshingiz ham qizarib ketdi. Iya, soat nechi bo‘ldi?! “Milliy TV”ga oling “Ko‘sem” seriali boshlandi!
*****
Maxalladagi pistachi xotinlarning aytishicha, Toshmat akaning xotini alamiga chiday olmay, Senzuraxonni fosh qilishga qattiq kirishib, kutilmaganda Zaynabni fosh qilib qo‘yganmish. Zaynab bilan Toshmat aka sinfdosh bo‘lishgan ekan. Uzuq-yuluq gaplarga qaraganda, Toshmat aka alamzada xotini tomonidan bolalarini ko‘rish huquqidan mahrum qilinganmish.
O‘shandan so‘ng Toshmat aka senzuraning ham, mentaliletning ham nima ekanligini xotiniga bafurja tushuntirib beribdiyu, ammo “o‘zbek mentaliteti” nima ekanliginiyu, qaysi ko‘rsatuv yo serial, qaysi aktyor, aktrisa yo qo‘shiqchining unga (“mentalitet”ga) to‘g‘ri kelishini, qaysisi esa to‘g‘ri kelmasligini tushuntirib berolmabdi…
Rivojiddin Abdumalikov
Manba: fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi