Hindistonlik kinoaktrisa, to‘liq ismi Shri Amma Yanger Ayyapan bo‘lgan Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim sababi yurak xuruji bo‘ldi. Bu vaqtda Shridevi Dubayda, qarindoshining nikoh marosimida bo‘lgan.
Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va mamlakat bosh vaziri Narendra Modi aktrisaning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan.
Shridevi 4 yoshidan boshlab milliy hind kinolarida suratga tusha boshlagan. U Bollivud filmida 1978 yilda debyut qilgan va tez orada Hindiston kinosining katta yulduziga aylangan. Aktrisa 270dan ortiq kinokartinada rollar ijro etgan, jumladan, “Artist” (Kalaakaar, 1983 yil), “Farzand” (Aulad, 1987 yil) va “Mister Hindiston” (Mr. India, 1987 yil). 1997 yilda u kinodan ketganini e’lon qilgandi, ammo 2012 yilda yana ekranlarga qaytdi. 2013 yili Hindiston hukumati uni Padma Shri mukofoti bilan (bu mamlakatda maqomi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan mukofot) taqdirlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin