
Tashrifdan maqsad – ummon ortida konsert dasturini havola etish.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev AQSHga yo‘l olmoqda. Xonanda kecha ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasidan viza olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
Tashrifdan maqsad esa ummon ortida konsert dasturini havola etish.
Xonanda 10 mart kuni Nyu-York, 17 mart kuni Los-Anjelas, 23 mart kuni Chikagoda konsert dasturini taqdim etadi.
Xonanda ayni damda Qozog‘istonda. U kecha ijodiy jamoasi bilan Qozog‘istonning Taraz shahriga jo‘nab ketdi. Bugun, 2 mart kuni Tarazda Ulug‘bek Rahmatullayev “Yonimda” nomli konsert dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar