Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e’lon qilindi

Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e’lon qilindi
“Oskar” kinomukofotlari taqdimotining bosh mukofotlari o‘z egalariga topshirildi, deb yozadi Kun nashri.

Jumladan, Eng yaxshi aktyor yo‘nalishida “Oskar” aktyor Geri Oldmenga “Qorong‘i davrlar” filmidagi Uinston Cherchill roli uchun taqdim qilindi.
Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e’lon qilindi
Foto: Mario Anzuoni/Reuters
Ushbu yo‘nalishdagi mukofotga quyidagi aktyorlar nomzodlari ham qo‘yilgan edi: Timoti Shalame (“Meni o‘z isming bilan ata”), Deniyel Dey-Lyuis (“Ko‘rinmas rishta”), Deniyel Kaluya (“Nari ket”) va Denzel Vashington (“Roman Izrael, Esq.”).

Eng yaxshi aktrisayo‘nalishida “Oskar” Frensis Makdormandga “Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmidagi roli uchun nasib qildi.
Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e’lon qilindi
Foto: Mario Anzuoni/Reuters
Ushbu mukofot uchun shuningdek quyidagi aktrisalar kurash olib borgandilar: Salli Xokins (“Suv shakli”), Sirsha Ronan (“Byord xonim”), Meril Strip («Maxfiy hujjat”) va Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi”).

Shuningdek, “Eng yaxshi rejissura” uchun mukofot “Suv shakli” filmi rejissyori Gilyermo del Toroga topshirildi.
Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e’lon qilindi
Foto: Mario Anzuoni/Reuters
Unga bu yo‘nalishda quyidagi nomzodlar raqiblik qilishgandi: Kristofer Nolan (“Dyunkerk”), Jordan Pil (“Nari ket”), Greta Gervig (“Byord xonim”) va Pol Tomas Anderson («Ko‘rinmas rishta”).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar