
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yolg‘iz farzandi, to‘rtta shirindan shakar bolajonlarning mehribon onasi — Nilufar Usmonova kuni-kecha, hech kim ko‘rmagan oilaviy suratlarini o‘zining instagramdagi sahifasiga joylashtirdi.

Biz esa fursatdan foydalanib u bilan bog‘lanib, ba’zi savollarga javob oldik.
— Bayram muborak bo‘lsin!
— Rahmat! Men ham butun O‘zbekiston ayollarini bahoriy bayramlar bilan qutlayman!

— Bayramni qanday o‘tkazdingiz?
— Juda ajoyib! Uni oilaviy nishonladik. Buvijonim ham yonimda edilar. Bundan tashqari qizimning birinchi 8 mart bayrami. Xullas, qo‘sha-qo‘sha quvonchli voqealar bilan maroqli dam oldim.


— Sizningcha, ayol uchun eng yaxshi sovg‘a qanday bo‘lishi kerak?
— Birichni navbatda oila a’zolarining kulgusidan ortiq sovg‘a bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Shuningdek, chiroyli gullar dastasi, har qanday holatda ham bizning yuzimizga kulgu yuguradi.




Xonandaning buvijonisi — Rahimaxon aya.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar