07:04 / 14.03.2018
5 787

Uch yil ichida suratga olingan film 24 mart kuni katta ekranlarga chiqadi (video)

Uch yil ichida suratga olingan film 24 mart kuni katta ekranlarga chiqadi (video)
Shu yilning 24 mart kuni «Tanhoimsan» filmi yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi. Rejissyorlar Murod Yo‘ldoshev va Akbar Insopovning ilk ishi bo‘lmish ushbu kinokartinani suratga olishga uch yil sarflandi. Buning sabalari ko‘p. Film ijodkorlari bu haqda tomoshabinlarga premera kuni so‘zlab berishlari rejalashtirilgan, deb yozadi Xabar nashri.

Filmda bosh qahramonlarni Shahlo Temirova, Lola Eltoyeva, Behzod Muhammadkarimov, Elyor Nosirov, Sobir Otajonov gavdalantirgan. Shuningdek, yosh aktyor G‘ayrat Islomov faoliyatida ilk marta bosh rolni ijro etgan.

«Tanhoimsan» filmining mavzusi muhabbat. «Yana shu mavzumi, boshqa mavzu qurib qolganmi?» deyishga oshiqmang. Ssenariy muallifi ham, rejissyorlar ham, filmda rol ijro etgan akyotrlar ham ushbu kinokartina boshqalarnikiga o‘xshab qolmasligi, original chiqishi va tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishi uchun ancha ter to‘kishgan. Shu bois, keling, avval filmni tomosha qiling. Xulosani esa tomoshadan keyin chiqararsiz.

Filmning premerasi 23 martda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 24 martda boshlab esa shu yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Uch yil ichida suratga olingan film 24 mart kuni katta ekranlarga chiqadi (video)