19:18 / 13.04.2018
4 453

«Yuraklarni nurlatgan kalom» (video)

«Yuraklarni nurlatgan kalom» (video)
«Namangan today» sayti ijodkorlari «Yuraklarni nurlatgan kalom» deb nomlangan qisqa metrajli hujjatli film suratga olishdi.

Ma’naviyatimiz asoslaridan hisoblangan Quroni karimni o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilish, Islom dini g‘oyalarini to‘g‘ri anglash va faoliyat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta’sirchan va yorqin lavhalarda namoyish etuvchi filmda Davlatimiz rahbarining tashabbus va tavsiyalari asosida mumlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan «Qorilar musobaqasi»ning hududiy bosqichlari jarayonidan misollar keltirilgan, — deyiladi saytda berilgan xabarda.

Quyidagi hujjatli filmga «ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy meroslari, muqaddas ziyoratgohlarning obod qiyofasi, Qur’oni karim oyatlarining sohir qiroatli ijrosi tomoshabin qalbida ezgu hissiyotlar uyg‘otadi va buyuk bunyodkorliklarga da’vat etadi», deya ta’rif berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Yuraklarni nurlatgan kalom» (video)