
Leonardo da Vinchining mashhur asari «Mona Liza»ning siri ochildi.
Kaliforniya universitetida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kayfiyati ko‘tarinki inson «Mona Liza»ga qarasa uning tabassum qilayotganini, aksincha, kayfiyati yo‘q kishi qarasa uning xafa ekanini ko‘rar ekan. Bu haqda «Sabah.com» sayti xabariga asoslanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Avvalroq hollandiyalik tadqiqotchilar ham «Mona Liza» asarining yuzida 83 foiz quvnoqlik, 9 foiz nafrat, 6 foiz qo‘rquv va 2 foiz asabiylik holati borligini aniqlagan.
XVI asrda Italiyaning Florensiya shahrida chizilgan surat ayni paytda Fransiya poytaxti Parijdagi «Luvr» muzeyida namoyish qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar