Qur’oni karimdagi 20 ta oyati karimani yog‘ochga o‘yib yozish bilan qadimgi arab mozaika san’atini qayta tiklagan rossiyalik rassom qimmatbaho asarlar yaratdi.
Xalqaro Qur’on axborot agentligining aytishicha, Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi 69 yoshli rus rassomi Vladimir Gorovoy qadimiy intarsiya – yog‘och mozaikasi yordamidagi maxsus tasvir shakli an’anasining yagona davomchisi va hozirgacha musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni karimning 20 ta oyat tasviri uchun qadimgi intarsiyalar yasagan.
Gorovoy ko‘p yillar davomida bezak san’ati, hususan, intarsiya bilan shug‘ullanadi. U ishlagan rasmlar bugungi kunda Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlarining turar-joylarini bezab turibdi. Rassomning ustaxonasida yong‘oq, olxo‘ri, terak, olma, gilos va qizil daraxt tasvirlari mavjud. Rassomning sevimli mavzulariga tabiat manzaralari, natyurmortlar, afsonaviy va g‘ayritabiiy asarlar kiradi.
Qadimgi intrasiya an’anasi – yog‘och mozaikasi yordamidagi tasvirning maxsus shakli sanalib, ushbu san’atning tarixi uch ming yildan ortiqdir.
Manba: asr.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi