17:32 / 03.05.2018
6 056

Rayhon Buyuk Britaniyalik jurnalist bilan nimalar haqida gaplashdi?

Rayhon Buyuk Britaniyalik jurnalist bilan nimalar haqida gaplashdi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva so‘nggi paytlar juda qizg‘in ijodiy jarayonni boshdan o‘tkazmoqda...

Xonanda kechagina xorijiy telekanallarning birida faoliyat yuritadigan jurnalist bilan suhbatlashdi. Vatanimiz haqida butun dunyoga namoyish etiladigan ko‘rsatuvning tasvirga olish jarayoni haqida Rayhonning o‘zi instagramdagi sahifasi orqali xabar bergan.

O‘zbekistonning madaniyat sohasidan vakil sifatida Rayhonni tanlagan chet ellik ijodkor, yurtimiz, o‘zbek san’ati haqida maroqli suhbatlashdi.

“Buyuk Britaniyalik teleyulduz Joanna Lumley bilan bo‘lgan intervyu judayam qiziq bo‘ldi!” - deb izohlaydi xonandaning o‘zi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston haqidagi mazkur ko‘rsatuv yurtimizning mustaqillik bayrami arafasida namoyish etiladi.

Qaysi telekanal va efir vaqti haqida xonandaning o‘zi instagram haqida ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon Buyuk Britaniyalik jurnalist bilan nimalar haqida gaplashdi?