22:43 / 26.05.2018
6 243

O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda «Istanbullik milliarder» filmini suratga olmoqda (foto)

O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda «Istanbullik milliarder» filmini suratga olmoqda (foto)
«Proart.uz» kompaniyasi hamda prodyuser Ruslan Mirzayev ijodiy jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida «Istanbullik milliarder» nomli filmni suratga olmoqda. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

«Istanbullik milliarder» komediyasi rejissyor Ozod Shams, operator Anvar Odilov tomonidan suratga olinmoqda. Film ssenariysi Saida Vahobova hamda Feruza Fattohovalar tomonidan yozildi.

Filmda bosh rollarni Muhammad Iso Abdulxayirov, Asqar Hikmatov, Umid Ergashev, Xosiyat Husanova, Sitora Alimjonova, Zuhra Soliyevalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etadi.

Suratga olish ishlari 12 may kuni boshlangan edi. Film premerasi kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ruslan Mirzayev, prodyuser


Foto: «Istanbullik milliarder» filmi arxivi

Foto: «Istanbullik milliarder» filmi arxivi

Foto: «Istanbullik milliarder» filmi arxivi

Foto: «Istanbullik milliarder» filmi arxivi

Foto: «Istanbullik milliarder» filmi arxivi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda «Istanbullik milliarder» filmini suratga olmoqda (foto)