date
views 11 224

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov vafot etdi
Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida olamdan o‘tdi.

Tahririyatimiz va muxlislar nomidan san’atkorning oila a’zolariga ta’ziya bildiramiz.

Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin.

Sharipov Husan Ortiqovich 1937 yilning 27 iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1963 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent Davlat San’at va Madaniyat institutining musiqali drama aktyorligi fakultetini tamomlagan.

1988-yil Xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan.

1991-yil Xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi.

1999-yil «Mehnat Shuhrati» ordeni topshirildi.

Aktyor ko‘plab filmlarda rol ijro etgan:

1982-yil-Suyunchi

1984-yil-Vodillik Kelin

1985-yil-Kelinlar qozg‘oloni

1986-yil-Maysaraning ishlari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov vafot etdi