
Foto: Madaniyat vazirligi
Bugun, 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari oʻtkaziladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirdi.
Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng koʻlamda olib borilayotgani bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qoʻshimcha vazifa va topshiriqlar berildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar oʻzining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozitsiyalarini koʻpaytirish vazifalari topshirildi.

Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining oʻziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar