O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi joriy yildan e’tiboran dunyoning eng kuchli ligalaridan biri sifatida e’tirof etiladigan Ispaniya La ligasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, deb yozmoqda "Hordiq" nashri.
O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, har ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda o‘tkaziladigan turli tadbir, musobaqalar hamda seminarlarga jamoatchilik e’tiborini yanada orttirish, qolaversa ikki mamlakatning sport hamda san’at namoyondalari o‘rtasida ham yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ispaniya La ligasi bilan hamkorlik doirasidagi o‘z elchilarini tayinladi.
Unga ko‘ra, yurtimizning ikki mashxur san’atkorlari – Shahzoda hamda DJ Piligrim La liga bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining elchilariga aylanishdi.
Endilikda La liga hamda PFL tomonidan hamkorlikda tashkil etiladigan turli sport tadbirlarida Shahzoda va DJ Piligrim muntazam ravishda ishtirok etishadi va yosh avlodni sportga, xususan futbolga mehr qo‘yishda o‘z hissalarini qo‘shishadi.
Mazkur ikki san’atkor 28 oktyabr kuni poytaxtimizda ilk marta tashkil etiladigan «Ommaviy El-Klassiko» tadbirida ishtirok etishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?