4 164
Qozog‘istonning “Amre” kinokartinasi Gollivud filmlari festivalida g‘olib deb topildi
Qozog‘istonning “Amre” kinofilmi 23-28 oktyabr kunlari Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Hollywood Film Festival” nomli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi nashri xabar berdi.
“Do‘stlar, bizning “Amre” (“Paris Song”) kinokartinamiz “Hollywood Film Festival” festivalida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi”, – deb yozadi filmning bosh rol ijrochisi Sanjar Madi ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.
Qozoq klassik kompozitori, qo‘shiqchi va aktyor Amre Qashaubayev haqida hikoya qiluvchi mazkur film “Qozoqfilm” kinostudiyasi va “Darplay” kompaniyasi bilan birgalikda suratga olingan.
Amre Qashaubayev nafaqat Qozog‘iston, balki bir nechta Yevropa davlatlarida ham mashhur qo‘shiqchi sifatida tan olingan bo‘lib, “Parij haftaligi”, “Le myuzikl” jurnallarida san’atkor noyob iste’dod egasi sifatida e’tirof etilgan. “Yog‘och oyoq”, “Uch do‘st”, “Qo‘shaloq baraban”, “Qizil bug‘doy”, “Yolg‘iz archa” nomli qozoq klassik asarlari Amre ijrosida mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”