Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan Alisher ismli yigit Rossiya estradasining primadonnasi hisoblangan Alla Pugachyova bilan klip suratga oldi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Alisher dastlab fotomodel bo‘lgan. U mashhur modeler Slava Zaysevning modalar uyida ishlagan. Keyinchalik o‘zi mustaqil modeler bo‘lib tez orada Bouton modalar uyining art-direktori lavozimini egallagan. Alla Pugachyova uning mashhur mijozlaridan eng birinchisi bo‘lgan. Alisher shuningdek, Kristina Orbakayte, Masha Rasputina, Filipp Kirkorov, Jasmin, Sofiya Rotaru, Anita Soy, Natasha Korolyova, Irina Saltikova, Anastasiya Stotskaya kabi estrada yulduzlarini ham kiyintirgan.
Alisherning sahnaga chiqishiga va xonandalik talantini namoyon qilishga aynan Alla Pugachyova yordam bergan.
[media=https://www.youtube.com/embed/FVWseudLeeg]
Bugungi kunda Alisher Moskvadagi turli tadbirlarda va turli klublar sahnalarida o‘z qo‘shiqlarini ijro etib kelmoqda. Alisher Nargiz Zokirova hamda Yekaterina Varnavalar bilan birgalikda qo‘shiqlar ijro etgan.
Haqiqatan ham sartarosh, stilist kabi kasb egalari orasida talantli xonandalar ko‘p bo‘lsa kerak, deyiladi xabarda. Masalan, Sergey Zverev ismli rossiyalik xonanda ham dastlab sartarosh bo‘lgan ekan. Vlad Lisovets — avval mashhur sartarosh, keyin — teleboshlovchi. Olga Buzova — avval stilist, modeler, keyin — teleboshlovchi, qo‘shiq ham aytib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin