
Foto: Sputnik
Taniqli so‘z ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Multipikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori Obid Asomov shifoxonaga yotqizildi.
Bugun ayrim mahalliy internet nashrlarida Asomovning yurak xurujiga uchrab, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay taniqli san’atkor haqiqatan ham shifoxonada ekani, ammo bunga yurak xuruji sabab bo‘lmagani oydinlashdi.
“Obid Asomov yengil shamollash bilan shifoxonaga yotqizildi. OAVlarda tarqalgan yurak xuruji va reanimatsiya haqidagi xabarlar yolg‘on”, - dedi Asomovning administratori O‘tkir Muhammadxo‘jayev "Sputnik" muxbiri bilan suhbatda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar