08:12 / 20.12.2018
4 607

Gollivud filmlari va ularning ongga ta’siri

Gollivud filmlari va ularning ongga ta’siri
Televizion propagandalar haqida gapira turib, biz ko‘p hollarda yangiliklar va tok-shoularni nazarda tutamiz. Endi bular qatoriga filmlarni ham qo‘shsak bo‘ladi. Kino, targ‘ibot usuli sifatida, o‘ta darajada samarali. U juda yuqori hissiy ta’sir o‘tkazish kuchiga ega bo‘lib, film ijodkorlari har qanday tarixiy voqea yoki shaxsni osonlikcha kerakli bo‘yoqqa bo‘yashi mumkin. Bunda propaganda insonga pinhoniy, emotsional darajada ta’sir qiladi.

Keling, gollivud filmlaridan bir necha qiziqarli parchalariga diqqat qilaylik.

– Ko‘pchiligimiz Vetnam urushi to‘g‘risida suratga olingan gollivud filmlarini ko‘rganmiz. Garchi amerikaliklar bu urushda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, ekranlarda ular ko‘p hollarda g‘alaba nashidasini suradi. “Rembo-2”ni eslang, qahramon dushman-vetnamliklarni qirib tashlaydi.

– Gap Rembo haqida ketar ekan, “Rembo-3”ni ham eslasak. Voqealar endi Afg‘onistonda ro‘y beradi. Qahramon Silvester Stallone do‘stlari – mujohidlar bilan (Rembo ular bilan do‘stlashgan va filmda mujohidlar ijobiy taraflama yoritilgan) sovet lageriga hujum uyushtiradi va manfur sovet spetsnazini o‘ldirib tashlaydi, oxirida tag‘in sovet vertolyotini ham urib tushiradi.

– Juda yaqin o‘tmishdagi Iroq voqealarichi? Amerika kinolarida AQSh armiyasi askarlari bizga xuddi qahramonlardek ko‘rsatiladi, sal bo‘lmasa dunyoni terrorchilardan xalos qiluvchi jafokashlardek go‘yo. Ular bostirib kiradigan mamlakat aholisi esa – vahshiylardek ko‘rsatiladi. Eng qizig‘i nimada, bilasizmi, Iroq muammosi o‘zining dolzarbligini yo‘qotgach, Iroq haqidagi filmlar miqdori ham birdaniga tushib ketdi.

– Amerika jangari filmlaridagi qahramonlar AQShning hozirgi siyosiy yo‘nalishiga aniq mos tushadi. Agar o‘tgan o‘n yillikda Rembo yoki Jeyms Bond kabi kinosupermenlar asosan sovet shpionlari va KGB sadistlariga qarshi kurashgan bo‘lsa, 2002 yilda chiqqan Bond haqidagi film qahramoni shimoliy koreyaliklarga asirga tushadi va o‘sha yerda dahshatli qiynoqlarga duchor bo‘ladi.

Buni nima deb izohlasa bo‘ladi?

– Propaganda!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud filmlari va ularning ongga ta’siri