Davron Kabulov bu haqida o‘zining «Instagram» sahifasida e’lon qildi.
“Katta mamnuniyat va quvonch bilan ma’lum qilamizki, “Million” o‘zi uchun alohida qadrli bo‘lgan aprel oyining dastlabki 10 kunini “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazadi. Bu yilgi konsert sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilish yo‘lida harakat qilayotgan jamoamiz uchun alohida ahamiyatga ega: bundan buyon behayo va arzon hazillardan qochish, jiddiy, dolzarb va qaynoq mavzularga murojaat qilish maqsadimizdir”, deydi Davron Kabulov.
“Bravo”, “Million”, “Dizayn” jamoalari nihoyatda behayo sahna ko‘rinishlari bilan olqishlarga sazovor bo‘lishga urinishlari hech kimga sir emas. Haqiqiy san’at ustasi uchun uyatsiz gaplar uyoqda tursin, aslida turli sahna ko‘rinishlari tayyorlash ham shart emas. Birgina Hojiboy Tojiboyevning san’atiga e’tibor qaratsangiz gapimiz isbotini ko‘rasiz. Bugungi kunda Avaz Ohun ham behayo so‘zlar va qochirma gaplarni aralashtirmay el hurmatiga sazovor bo‘la olayapti.
Demak, Davron Qobulov ham xatosini tushunib yetgan. Navbatdagi konsert dasturini ko‘rgach uning gaplari qanchalar to‘g‘ri yoki aksincha ekanligini bilib olarmiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi