Bugun, aktrisa va boshlovchi Nargiza Abdullayeva oʻz tavallud kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan uni hamkasblari, doʻst va yaqinlari qizgʻin muborakbod etishmoqda. Bunday kuyunchak muxlislar uchun aktrisa oʻz instagram sahifasida minnatdorchilik postini qoldirgan.
– Assalomu alaykum, qadrdonlarim! Barcha muxlislarimdan minnatdorman. Tugʻilgan kunimni bilib, tabriklab, goʻzal tilaklar bildirganingiz uchun rahmat.
Har bir kuningizni goʻzal oʻtkazishingiz, siz uchun odatiy hol boʻlib qolsin. Samimiy, odobli, mehribon, saxiy, ochiq koʻngil boʻlib yuring. Chunki sohibi ketganda, undan muhr qoladi.
Koʻrinishing bilan faxrlanma. Chunki uni sen yaratmagansan. Nasabing bilan ham faxrlanma. Chunki uni sen tanlamagansan. Lekin axloqing bilan faxrlan. Chunki unga ziynatni “SЕN” bergansan.
Baxt bu – biz ega boʻlmagan narsaga erishishimiz emas, balki biz ega boʻlgan narsamizning qiymatini bilishimiz, tushunib yetishimizdir.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?