O‘zining ajoyib qo‘shiqlari bilan muxlislari e’tiborida bo‘lib kelayotgan el sevgan xonanda Jahongir Otajonov bilan uyushtirilgan intervyu yuzasidan sanatkorning javoblarini saytimiz o‘quvchilari ixtiyoriga havola etamiz.
Nima uchun tojik tilida qo‘shiq aytmasligim kerak!
Tojik san’atkorlarining o‘zbek tilida ashula aytish-aytmasligiga men javobgar bo‘la olmayman. Bu xonanda o‘zbek tilida qo‘shiq aytmasa, men “o‘zbek tilini pisand” qilmayapti, deb o‘ylashga haqqim yo‘q. Bunday xayolga bora olmayman. Tojik san’atkori o‘zbek tilida qo‘shiq aytgisi kelmasa, sen undan ham “past” bo‘lib, “nimaga biz aytishimiz kerak” deb o‘ylamasliging lozim. Tojiklar meni tilimda aytmagani bilan men tojik tilida qo‘shiq aytsam, Ollohni oldida yomon bo‘lmayman. Menga savol berayotgan ilmsiz bir odamning gapi, millatchilik degan narsalar menga yoqmaydi. Nima uchun tojik tilida qo‘shiq aytmasligim kerak! Tojik xalqi bilan munosabatlarimiz yaxshilandi. U yerlarga o‘tib-qaytish muammo edi. Yana men tojik tilida qo‘shiq kuylab pul ishlayman. Nima uchun men tojik tilida qo‘shiq kuylamasligim, Tojikistonda konsert bermasligim yoki to‘ylarga bormasligim kerak. Kerak bo‘lsa Tojikistonning san’atkorlaridan zo‘r bo‘lishim kerak, deb niyat qilaman. Bu ularni yerga urushmas, bu meni intilishim. Xudo ham niyat qilganga yarasha beradi. Shuning uchun ham blok qilganman. Tarbiyasiz va odobsiz insonlar bizning davramizga kerak emas.
Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman
“Million” jamoasining chiqishlarini kuzatib boraman. Ularning ijodi yoqadi. Men bilan Ozodbek Nazarbekov haqidagi chiqishlarini ham ko‘rdim. Nima desam bo‘ladi, inson sifatida ular meni bilishmaydi. Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman. U insonning ham menga munosabati qanday buni Xudo biladi. 2011 yilda bugungi kunda hech bir san’atkor jonli ijroda konsert qo‘ya olmaydi, deb o‘z fikrimni bildirganman. Hozir jonli ijro qilishga harakat qilishyapti. Kundan-kun jonli ijroda kuylaydiganlar ham chiqyapti. Ozodbek Nazarbekovga qaytadigan bo‘lsak, menimcha bu odamning hozir o‘zining ijodini qilishga vaqti bo‘lmasa kerak. Men haqimda o‘ylamasa ham kerak. Bu “Million” jamoasining ijodi, ular xalq nimani yaxshi ko‘rishini bilishadi.
Meni yomon ko‘radigan odam bo‘lsa, bu kasbdoshlarim bo‘ladi
Zo‘rlik bo‘lsin, xorlik bo‘lsin, men uchun Xudoning xohlagani eng a’losi! Men to‘g‘ri insonman, hech bir san’atkorga g‘ayirligim yo‘q. Meni yomon ko‘radigan odam bo‘lsa, bu kasbdoshlarim bo‘ladi. Buncha gapni gapirgandan keyin meni yaxshi ko‘rishadi yoki yomon ko‘rishadi, deya olmayman. Meni yaxshi ko‘rish uchun iymon kerak. Chunki men to‘g‘ri gapiryapman. Hamma o‘ziga savol berishi kerak, u to‘g‘ri gapirdimi yoki noto‘g‘ri? Insonning ichida ruhi bo‘ladi, u to‘g‘risini aytadi. Darrov shaytonga xizmat qilmasdan, meni yomon ko‘rmasdan hisob-kitob qilish kerak. Masalan men ham Yusufxon Nurmatovdan nafratlanishim mumkin edi. Lekin men nafratlana olmayman. Balki haqiqatdan meni befarosat sifatida ko‘rar. Uni bunga haqqi bor. Ammo men shunday yo‘l tutdimki, u mendan uzr so‘radi.
Qo‘shnilarimga malol kelmasin deb, uyimni katta qurmayman
Xudo bergan iste’dodni nasha chekkan bilan barobar qilish noto‘g‘ri. Ba’zilarga narkoman bo‘lib ko‘rinsam kerakki, shunaqa o‘ylaydi. Yillar davomida semirmaganim aybim emasku, shunaqa narkomanlar bor umuman narkoman deb o‘ylamaysiz. Kiyimingizni qachon yechasiz deyishadi. Yaxshi kiyinishga sharoitimiz bor. Seni yaxshi ko‘rgan muxlising oldinga kelib bemalol sen bilan gaplasha olishi kerak. Buni ham hisobga olish kerak. Kimnidir sharoiti pastroq bo‘lsa, seni oldingga kelishga andisha qiladi. Men unaqa qilmayman. Qo‘shnilarimga malol kelmasin deb, uyimni ham katta qurmayman. Meni xarakterim shunaqa. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi