Foto: Reuters
O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi hamda madaniy va pazandalik an’analari haqida mashhur aktyor Jerar Deparde ishtirokida hujjatli film suratga olayotgan Fransiyaning B-Tween prodyuserlik kompaniyasi ijodiy guruhi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Mazkur kinokompaniya Fransiya va xorijda kino va filmlar suratga olish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda Deparde ishtirokida film suratga olish loyihasi O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
«Ipak yo‘li» filmi Depardening yana bir aktyor hamrohligida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘ladi, arxitektura va madaniy yodgorliklar,o‘zbek hunarmandlarining ishlari va milliy oshxona bilan tanishadi.
Film mualliflari, shuningdek, Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida ham bo‘ladi. Fransiyalik kinoijodkorlar tomoshabinlarga shuningdek, O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqida hikoya qilishadi.
Davomiyligi 52 daqiqa bo‘lishi kutilayotgan film Fransiya telekanallarida namoyish etiladi. Filmni suratga olish ishlarini sentyabrda boshlash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi