date

Universal kinokompaniyasi «Forsaj-8» filmini Kubada suratga olishni rejalashtirmoqda

Universal kinokompaniyasi «Forsaj-8» filmini Kubada suratga olishni rejalashtirmoqda

Amerikaning Universal kinokompaniyasi «Forsaj» turkumidagi filmlarning sakkizinchi qismini Kubada suratga olishni rejalashtirgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Kinostudiyadagilarning ma’lum qilishicha, Universal amerikalik va kubalik amaldorlar bilan shu xususida muzokaralar olib bormoqda. Film ijodkorlari Kubaga kelib, hududni o‘rganib ham chiqishgan.

Noqonuniy poygalar haqidagi bu turkum filmlarning avvalgi qismlari Rio-de-Janeyro, Tokio va Dubayda ham suratga olingandi.

Qayd etilishicha, filmning navbatdagi qismini Kubada suratga olish AQSh va "Ozodlik oroli" o‘rtasida 2015 yilning bahoridan boshlab iliqlashgan munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, bu tanlov film auditoriyasi Lotin amerikaliklar hisobiga yanada kengroq bo‘lishini ta’minlaydi.

«Forsaj»ning birinchi qismi 2001 yilda ekran yuzini ko‘rgan. Shundan beri ushbu turkumdagi filmlar jahon kinoijarasida 3,9 milliard dollar ishlab topdi. Eng ko‘p foydani ettinchi qism keltirdi: jami 1,5 miliard dollar to‘plab, bu ko‘rsatkich bo‘yicha kino tarixidagi beshinchi filmga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Universal kinokompaniyasi «Forsaj-8» filmini Kubada suratga olishni rejalashtirmoqda