Iyul oyi o‘rtalarida Germaniyaning ko‘p millionli tomoshabinlarga ega bo‘lgan birinchi telekanalida «praym-taym» vaqtida O‘zbekiston haqida hujjatli film namoyish etildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Film joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur davlat telekanali tasvirga olish guruhining yurtimizga tashrifi davomida tayyorlangan.
Ijodiy asar mualliflari ko‘plab nemis tomoshabinlariga mamlakatning boy resurslari va iqtisodiy salohiyati, xalqning madaniyati va an’analari, sayyohlik uchun diqqatga sazovor joylari, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Film syujetidan Marg‘ilondagi «Yodgorlik» ipakchilik fabrikasi faoliyati misolida respublikada xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol va teng huquqli ishtiroki uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida hikoya qiluvchi reportajlar ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun: Das Erste («Birinchi«) – eng yirik nemis telekanallaridan biri bo‘lib, Deutsche Welle’dan tashqari ARD tarkibiga kiruvchi mintaqaviy teleradiokompaniyalarning qo‘shma mahsulidir. Kanal 1952 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat