"Scorpion" filmiga qancha pul ketgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish4.1K
"Scorpion" filmiga qancha pul ketgani ma’lum qilindi
2018 yilda byudjeti shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Scorpion” filmiga ketgan xarajatlar oshkor qilindi.

Rejissyorning aytishicha, loyihaning davlat byudjetiga umuman aloqasi yo‘q. “O‘zbekkino” MAdan bir so‘m ham olinmagan. Mudofaa vazirligi bilan qo‘shma kelishuv imzolanganidan so‘ng vertolyot va otishma sahnalarida foydalaniladigan o‘qlar, barchasi beg‘araz taqdim etilgan. Milliy teleradiokompaniya reklama masalasida katta yordam bergan.

“1 mln dollar deb kamaytirib yubordingiz. 5 mln dollar, 44 mlrd so‘m sarflangan, bu Yoshlar Ittifoqining loyihasi, pullar qayoqqa ketdi, deyishgandi. Men hatto sizga hisobotlarni ko‘rsatishim mumkin. Aynan Yoshlar Ittifoqidan 900 mln so‘m olingan", deydi rejissyor Muxlisa Azizova.

U “Scorpion” filmi byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilishganini qo‘shimcha qilgan:

“Rossiya kinosanoatida Janik Fayziyev degan mashhur prodyuser bor. Prologue-2018 ochilish marosimida “Scorpion”ning ham premyerasi bo‘lgan. Janik Fayziyev Rossiya hisobi bilan olganda ushbu film byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilgandi. Professional prodyuserga haqiqiy byudjetni aytganimda shok holatiga tushdi. So‘mda hisoblaydigan bo‘lsak, film byudjeti 4,5 mlrd so‘mga ham yetmagan”.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?