Foto: O‘zA
2019 yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining koordinatsion markazi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekistonning bir qator kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama natijasiga ko‘ra, Umid Hamdamovning «Issiq non» to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi to‘g‘risida 23 sentyabr kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan forumda tantanali ravishda e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Abduhalil Mingnorovning «Imom Termiziy», Rihsiboy Muhammadjonovning «Qor yog‘moqda, oppoq qor», Abduvohid G‘aniyevning «Elparvar», Umid Hamdamovning «Issiq non», Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo‘rg‘on» hamda Ilhom Muhammadibrohimovning «Parvoz» deb nomlangan filmlari tanlov uchun taqdim qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di