4 190
"Oʻzbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga soʻz berdi
Vaqtincha litsenziyadan mahrum boʻlgan xonandalar bundan buyon oʻz ijodlarini rivojlantirish va xalqga astoydil xizmat qilish vaʼdasini berganliklari tufayli, ularga yana ijodga qaytishga imkon berildi, deya bayonot eʼlon qilgan "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi.
Muassasa, shuningdek, ilgari ayrim sabablarga koʻra, taʼqiqqa uchragan xonandalarga ham davlat rahbarining gʻamxoʻrligi, bagʻrikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishga imkon berilganini eslatib oʻtgan. Litsenziyalar qaytarilishi munosabati bilan oʻtkazilgan brifingda mana shu ishlarning yana bir namunasi sifatida, ayrim sabablarga koʻra, litsenziyalari vaqtincha toʻxtatilgan qator xonandalarga ijodni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratilgani maʼlum qilingan.
Avval xabar berganimizdek, bular xonanda Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova hamda qiziqchi Halima Ibragimovalardir.
"Oʻzbekiston prezidentining sanʼat ahliga boʻlgan gʻamxoʻrligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda eʼtibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-gʻayrat va shijoat baxsh etadi. Bunday eʼtiborga esa asl sanʼat namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarish lozim", - deya tushuntirish bergan sanʼatkorlarga "Oʻzbekkontsert". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi