Baron Myunxauzen hayotiy qahramonmi?

Baron Myunxauzen haqidagi multfilmni ko‘rgansiz. Bu mashhur adabiy qahramon real shaxs bo‘lgan. U yoshligida Germaniyaning Bodenverder shahridan Rossiyaga keladi. Harbiy xizmatga kiradi, unvoni rotmistrgacha ko‘tariladi. So‘ng yurtiga qaytadi.
U yerda Rossiyadagi xizmat haqida ajabtovur hikoyalar so‘zlab beradi va shu bilan shuhrat qozonadi. Masalan, Peterburgga bo‘ri qo‘shilgan aravada borgani, Ochakovda qoq ikkiga bo‘linib ketgan otni ko‘rgani, bug‘uning boshida o‘sgan olcha daraxti haqidagi gaplari tinglovchilarni hangu mang qilib qo‘yadi.
Shu singari lofnamo sarguzashtlar, shuningdek, boshqa mualliflar baronga nisbat berib yozgan hikoyalar adabiyotda Myunxauzen obrazi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U yerda Rossiyadagi xizmat haqida ajabtovur hikoyalar so‘zlab beradi va shu bilan shuhrat qozonadi. Masalan, Peterburgga bo‘ri qo‘shilgan aravada borgani, Ochakovda qoq ikkiga bo‘linib ketgan otni ko‘rgani, bug‘uning boshida o‘sgan olcha daraxti haqidagi gaplari tinglovchilarni hangu mang qilib qo‘yadi.
Shu singari lofnamo sarguzashtlar, shuningdek, boshqa mualliflar baronga nisbat berib yozgan hikoyalar adabiyotda Myunxauzen obrazi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…